Samarqand viloyatining Bulungʻur tumanida 5 kg marixuana giyohvandlik vositasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Tezkor qidiruv departamenti xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 1981 yilda Bulungʻur tumanida tugʻilgan shaxs maxsus xaridorga 1 kg marixuanani 25 mln soʻmdan sotishni rejalashtirgani toʻgʻrisida ma'lumotlar olingan.
Maxsus xaridor bilan bogʻlangan shaxs 5 kg yukni tayyorlab qoʻyganini ma'lum qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda vazni taxminan 5 kg marixuanani 10 ming dollarga sotayotgan shaxs daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar