12:47 / 26.01.2025
975

AOKA Qobil Dusov ozodlikdan mahrum qilinganiga qanday munosabat bildirdi?

AOKA Qobil Dusov ozodlikdan mahrum qilinganiga qanday munosabat bildirdi?
Sobiq deputat, ijtimoiy tarmoq faoli Qobil Dusov 11 oyga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi. AOKA bunga munosabat bildirdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmiga muvofiq Qobil Dusov Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

Yashnobod tuman IIO FMB Probatsiya boʻlimi tomonidan sudga Qobil Dusovning oʻtalmay qolgan 11 oy 2 kun ozodlikdan cheklash jazosini shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirishni soʻrab taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnomaga koʻra, Dusov belgilangan cheklovlarga rioya qilmagan va jazo shartlarini qasddan buzgan.

Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinligini ta'minlash bosh qomusimizda qat'iy mustahkamlangan. Lekin shuning barobarida har kim qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka rioya qilishi shart.

Qonunga boʻysunish jamiyat barqarorligi va fuqarolar huquqlarini himoya qilishning asosidir. Belgilangan qonun-qoidalarga rioya qilish, ularning ijrosini ta'minlash har bir fuqaroning burchi ekanini eslatib oʻtamiz
”, deyiladi AOKA munosabatida.

Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan Dusovga sutkaning muayyan vaqti, ya'ni kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklanishi va unga qoʻshimcha internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik, har oyda bir marotaba yashash joyi boʻyicha IIO FMB Probatsiya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtib turish hamda mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik kabi taqiqlar yuklanishi belgilangandi.

Shunga qaramasdan, 2025 yil 4 yanvardan 11 yanvargacha u “Kobul Dusov/Rasmiy kanal” Telegram-kanalida har xil mazmundagi materiallar joylashtirib kelgani aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Dusov 2025 yil 11 yanvar kuni Yashnobod tumani IIO FMB Probatsiya boʻlimiga chaqirtirilib, Jinoyat-ijroiya kodeksining 44-4-moddasi 1-qismi bilan ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazo qoʻllangan.

Dusovga 24 yanvar kuni IIV TQD Kiberxavfsizlik tomonidan yana ogohlantirish intizomiy jazosi e'lon qilingan boʻlsa-da, undan oldin ham, undan keyin ham internetdan faol foydalanib kelgani aniqlangan. Sud taqdimnomani muhokama qilib, ish hujjatlarini tekshirib, taqdimnomani qanoatlantirishni lozim topdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat