2025 yilning 27 yanvar kuni taxminan soat 01:20 larda Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi Comfort Elit doʻkoni qarshisida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra, 2001 yilda tugʻilgan I.A. boshqaruvidagi Ford Mustang rusumli transport vositasi, 2003 yilda tugʻilgan X.T. boshqaruvidagi Tracker-2 rusumli transport vositasi, 2005 yilda tugʻilgan A.S. boshqaruvidagi Onix rusumli avtomashinalari oʻzaro toʻqnashuvi natijasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.
YTH oqibatida Tracker-2 avtomashinasi yoʻlovchisi, 2008 tugʻilgan M.E. hamda haydovchisi tan jarohati olganligi sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar