17:20 / 27.01.2025
1 018

11 yoshli qizini kaltaklab oʻldirgan andijonlik erkakka qanday jazo tayinlandi?

11 yoshli qizini kaltaklab oʻldirgan andijonlik erkakka qanday jazo tayinlandi?
Andijonda bufetdan soʻroqsiz egulik olgan qizini kaltaklab oʻldirgan erkak jazolandi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Qotillik 2024 yilning oktyabrida viloyatning Marhamat tumanida sodir boʻlgan. Erkak oʻzining 11 yoshli qizini qoʻl-oyogʻini arqon bilan bogʻlab qoʻyib, avtomashina ehtiyot qismi boʻlgan charm bilan ayovsiz doʻpposlagan. Qiz olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Foto: Videodan kadr
Voqea tafsilotlaridan ma'lum boʻlishicha, 6-sinf oʻquvchisi boʻlgan qiz maktab bufetidan soʻroqsiz egulik olib egan. Bu holat bir necha marotaba takrorlangani uchun maktab oʻqituvchisi qizning ustidan otasiga shikoyat qilgan. Buni eshitgan ota uni uyga olib kelib, jazolash maqsadida qora rezina kamar bilan koʻp marotaba urib, qasddan ogʻir tan jarohati etkazgan.

Holat yuzasidan sud ishi jinoyat ishlari boʻyicha Andijon tumani sudida koʻrib chiqildi. Sud hukmiga koʻra, sudlanuvchi ota Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga ogʻir shikast etkazish jabrlanuvchining oʻlishiga sabab boʻlishi) bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

2024 yil 14 noyabrda “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingandi. Qonun 2025 yil 15 maydan kuchga kiradi. Unda bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish boʻyicha umumiy va individual chora-tadbirlar belgilab berilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat