Bojxona qoʻmitasi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida Toshkent shahar Yunusobod tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor tadbir davomida mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro 1 dona qogʻoz quti ichida boʻlgan, Markaziy bojxona laboratoriyasi sud ekspertiza xulosalarida umumiy ogʻirligi 886,426 gr etib koʻrsatilgan marixuana giyohvandlik moddalari boʻlgan kurerlik joʻnatmasini qabul qilib olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan toʻxtatib qolindi.
Ushbu fuqaroning Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi dala hovlisi koʻzdan kechirilganda esa, marixuana etishtirish uchun moʻljallangan laboratoriya tashkil qilgani fosh boʻldi. Dala hovlidan jami 200 tup marixuana oʻsimligi hamda taxminan 5 kg ogʻirlikdagi quritilgan marixuana kukunlari topilib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar