
Plastik kartochka orqali to‘lov amalga oshirish muammosi aksar hududlar, xususan, chekka tumanlarda tez-tez uchramoqda. “Hurriyat” nashrining bildirishicha, mazkur muammolarga o‘z vaqtida echim topish kerak.
“Aks holda, bunday muammolar to‘planib-to‘planib, yana bir qancha Ahmadboylarni maydonga chiqaradi. Avval boshida hech kimni “norizo” qilmagan bu odam, ko‘pchilikning katta-katta mablag‘i hisobiga puldan xirmon uygani naqd pul muammosining chuqurlashuviga hissa bo‘lib qo‘shilmadimi?! Hozir ham o‘nlab plastik kartochkalarni yig‘ishtirib olib, yigirma foiz ushlab qolish evaziga naqdlashtirib berayotgan ustomon foizxo‘rlar hamma bozorlarda topiladi”, – deb yozadi gazeta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing