![Toshkentda ijara narxlari tushishda davom etyapti](/uploads/posts/2025-02/cfdzgmghtuteambrtcwpndjnizwetj11_25_12_jpg_1500x1500_q85.webp)
Toshkent shahrida uy-joylar uchun ijara narxlari 2024-yil noyabrdan beri arzonlashishda davom etmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024 yilning yanvar oyida Toshkent shahrida uy-joylar uchun taklif etilgan ijara narxlari tahlil qilindi.
Mazkur davrda poytaxtda oʻrtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxlari dekabr oyiga nisbatan 0,1 foizga, toʻliq ta'mirlangan xonadonlar uchun esa 0,3 foizga arzonlashdi.
Oʻrtacha ta'mirlangan uy-joylar ijarasi. 2024 yilning yanvar oyida oʻrtacha ta'mirlangan 1 xonali va 2 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxi dekabr oyiga nisbatan mos ravishda 0,3 foiz va 0,4 foizga pasaygan boʻlsa, 3 xonali va 4 xonali xonadonlar uchun mos ravishda 0,1 foizga va 0,3 foizga koʻtarilgan.
Oʻrtacha ta'mirlangan xonadonlar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
— Sergeli tumani (1 xonali — 297 AQSh dollari, 2 xonali — 355 AQSh dollari, 3 xonali — 415 AQSh dollari, 4 xonali — 419 AQSh dollari);
— Olmazor tumani (1 xonali — 293 AQSh dollari, 2 xonali — 352 AQSh dollari, 3 xonali — 419 AQSh dollari, 4 xonali — 493 AQSh dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
— Mirobod tumani (1 xonali — 344 AQSh dollari, 2 xonali — 512 AQSh dollari, 3 xonali — 643 AQSh dollari, 4 xonali — 705 AQSh dollari);
— Yakkasaroy tumani (1 xonali — 383 AQSh dollari, 2 xonali — 487 AQSh dollari, 3 xonali — 677 AQSh dollari, 4 xonali — 722 AQSh dollari).
Toʻliq ta'mirlangan uy-joylar ijarasi. Mazkur davrda toʻliq ta'mirlangan 1 va 3 xonali xonadonlar uchun oʻrtacha ijara narxi 0,5 foizga, 2 xonalilar uchun 0,7 foizga pasaygan boʻlsa, 4 xonali xonadonlar uchun 0,5 foizga oshgan.
Toʻliq ta'mirlangan uy-joylar uchun taklif etilgan nisbatan arzon ijara narxlari:
— Sergeli tumani (1 xonali — 321 AQSh dollari, 2 xonali — 417 AQSh dollari, 3 xonali — 513 AQSh dollari, 4 xonali — 641 AQSh dollari);
— Uchtepa tumani (1 xonali — 386 AQSh dollari, 2 xonali — 450 AQSh dollari, 3 xonali — 534 AQSh dollari, 4 xonali — 624 AQSh dollari).
Nisbatan qimmat ijara narxlari:
— Mirobod tumani (1 xonali — 485 AQSh dollari, 2 xonali — 731 AQSh dollari, 3 xonali — 1027 AQSh dollari, 4 xonali — 1328 AQSh dollari);
— Shayxontohur tumani (1 xonali — 521 AQSh dollari, 2 xonali — 732 AQSh dollari, 3 xonali — 1093 AQSh dollari, 4 xonali — 1381 AQSh dollari). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar