09:14 / 08.02.2025
109

Toshkentda Lacetti haydovchisi nima qilib qoʻyganini keyin angladi

Toshkentda Lacetti haydovchisi nima qilib qoʻyganini keyin angladi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 23:10 larda Yangihayot tumani "Navqiron" MFY hududidagi 30-uy qarshisida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga koʻra, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yoʻqotib toʻxtab turgan 2 ta Cobalt avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etib, toʻqnashuvdan soʻng temir ustunga borib urilgan.

Yuqoridagi holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan etib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi oʻz soʻzidan mast holatda ekanligi ma'lum qilgan.

YTH natijasida Lacetti haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas'ul xodimlari tomonidan dastlabki tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat