18:16 / 08.02.2025
66

Koʻp qavatli uylarni boshqarish qanday raqamlashtiriladi?

Koʻp qavatli uylarni boshqarish qanday raqamlashtiriladi?
Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylarning yagona elektron bazasi ishlab chiqiladi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb xabar berdi Sputnik nashri.

"Koʻp qavatli uylarning texnik pasportlari ham ishlab chiqiladi. Buning uchun dastlab 1991 yilgacha qurilgan uylar xatlovdan oʻtkazilib, texnik pasportlari yaratiladi. Shu asosda barcha uylar holatini aniq koʻrish mumkin boʻlgan elektron baza ishga tushiriladi", - deyiladi xabarda.

Ushbu pasportlar asosida ta'mirlanadigan yoki renovatsiyaga tushadigan uylar roʻyxati shakllantiriladi.

Koʻp qavatli uylarni boshqarish tizimi ham toʻliq raqamlashtirilib, umumiy yigʻilishlar, hisobotlar, murojaatlar va dispetcherlik xizmatlari raqamli koʻrinishga oʻtkaziladi.

Aholining murojaatlari toʻliq “Mening uyim” tizimi orqali boshqaruv servis kompaniyalariga yuboriladi va vazirlik tomonidan ularning ijrosi kuzatib boriladi.

Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarning liftlarini boshqarish va monitoring qilish boʻyicha “Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasi ishlab chiqilmoqda.

Bugunga qadar koʻp qavatli uylardagi 8 942 ta lift texnik koʻrikdan oʻtkazilib, ular boʻyicha pasport va muvofiqlik sertifikati joriy etiladi. Shu asosda kelgusi 5 yilda 2 001 ta lift yangilanadi va 382 tasi ta'mirlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat