![Toshkentda xitoyliklar miting oʻtkazgani rad etildi](/uploads/posts/2025-02/cb4b1250f8_3m5z20x9gv8qtxrmcrg467yhamrfos1d.webp)
Toshkent shahri, Chilonzor tumanidagi Milliy bogʻda Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va shiorlar bilan miting oʻtkazmagan. Bu haqda IIV ma'lumotiga tayanib OʻzA xabar berdi.
«15 fevral kuni Huawei kompaniyasining ishchilari doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aktsiyasini oʻtkazganlar. Bannerlarda xitoy tilida «Sport sogʻliq garovi, siz ham yugurib sogʻlom boʻling. Bizning ham idora va tashkilotlar oʻrnak olsa arziydigan tadbir ekanligini e'tirof etamiz», deyiladi xabarda.
15 fevral kuni tongda Milliy bogʻ hududida Xitoy fuqarolari turli xil bayroq va shiorlar bilan ommaviy tadbir oʻtkazgani, shiorlarda «Biz kuchlimiz» degan yozuv borligi, hududni qoʻriqlayotgan Milliy gvardiya ham, Toshkent shahar hokimligi va IIBB ham holatdan bexabarligi haqida xabar berilgandi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar