
Foto: Videodan kadr \ Ruxsor Tv
Fargʻona shahrining Beshbola mahallasida yashovchi 29 yoshli yigit, onlayn qimor oʻyinlariga kirib qarzga botgani sababli, mahalladagi xonadonga oʻgʻirlik qilish niyati bilan kirgan. Sud hujjatlariga koʻra, u oʻzi yashaydigan mahalladagi qoʻshni xonadonga kirib, avvaliga boʻsh xonalarda pul topishga uringan. Hech narsa topa olmaganidan soʻng, xonadon sohibasi 3 nafar farzandi bilan uxlab yotgan xona eshigi oldiga keladi.
Shu paytda, uydan tashqariga chiqqan ayol yuziga niqob taqqan noma'lum yigitga koʻzi tushishi bilan baqira boshlagan va bu vaziyatda uning bolalari ham uygʻonishgan. Ayol tezda xona ichiga kirib, eshikni ichki tomondan yopishga harakat qilgan paytida, yigit tezlik bilan xonaga kirib, uch nafar bolaning oldida ayolga pichoq bilan hujum qilgan va tez orada voqea joyidan qochib ketgan. Ogʻir tan jarohati olgan ayol vafot etadi. Tezkor qidiruv harakatlari natijasida tez orada yigit ushlanadi.
“Ruxsor TV” telekanalida berilgan lavhada aytilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona shahar sudida oʻtkazilgan sud majlisida Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi va 164-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga 17 yil qamoq jazosi berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar