16:27 / 17.02.2025
146

Oʻzbekistonda "yashil" energiya ulushi 10 foizga oshiriladi

Oʻzbekistonda "yashil" energiya ulushi 10 foizga oshiriladi
SNG.Today ommabop saytida "Oʻzbekistonda "yashil" energiya ulushi 26 foizga etkaziladi" sarlavhali maqola e'lon qilindi. Nashrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida "Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot" yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilish tafsilotlari qalamga olingan.

Maqolada yozilishicha, oxirgi uch yilda joylarda 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol elektr stantsiyalari ishga tushirildi, 35 ta kichik GES qurildi, quyosh panellari oʻrnatgan xonadonlar 60 mingdan oshdi. "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida daraxtlar ekilib, bogʻlar yaratilyapti.

"2025 yilda mamlakat energetika tizimida "yashil" energiya ulushini hozirgi 16 foizdan 26 foizga etkazish rejalashtirmoqda. Buning uchun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol stantsiyaci, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlash quvvatlari ishga tushiriladi", – deb yozadi "SNG.Today".

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston rahbari bunga qoʻshimcha yana 1 gigavatt quvvatli loyihalarni shakllantirish boʻyicha koʻrsatma berdi. "Shuningdek, davlat korxonalari, sanoat va xizmat koʻrsatish majmualari hamda xonadonlarda quyosh panellari oʻrnatishni ragʻbatlantirish davom ettiriladi. Bu uchun 2 trillion soʻm kredit ajratiladi", deyilgan maqolada.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat