date
views 395

Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Foto: Andijon viloyati YHXB
Andijon viloyati Yoʻl harakati xavfsizlik boshqarmasi Andijon tumanida toʻrtta transport vositasi ishtirokida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 21 fevral kuni soat 22:10 larda Andijon tumani Mingoʻrik MFY hududida Asaka—Andijon yoʻnalishi boʻylab katta tezlikda ketayotgan Nexia-3 oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanib, ortga qayrilib olmoqchi boʻlgan boshqa bir Nexia-3 mashinasiga urilgan. Yoʻl-transport hodisasi oraliq masofa saqlanmagani sabab kelib chiqqan.

Natijada, birinchi transport vositasi rul boshqaruvini yoʻqotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Labo hamda SWM G01 rusumli avtomashinalar bilan ham toʻqnashuv sodir etgan.

«Hodisa oqibatida tan jarohati olib, shahar shifoxonasiga murojaat qilgan shaxslar bor», — deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan hozirda Andijon tumani Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi