14:54 / 22.02.2025
443

Toʻxtash talabini bajarmagan haydovchilarga jazo chorasi kuchaytirildi

Toʻxtash talabini bajarmagan haydovchilarga jazo chorasi kuchaytirildi

Shavkat Mirziyoyev yoʻl harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish boʻyicha qonunga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni ma'qulladi.

Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) uchinchi qism bilan toʻldirilmoqda.

Transport vositasi haydovchisi tomonidan ichki ishlar organi xodimi yoki xodimlarining transport vositasini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz ketma-ket bir necha marta bajarmaslik transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum qilish bilan birga bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari (11,25 million soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Jinoyat kodeksi 261-1-modda (Transport vositasini mastlik holatida boshqarish yoki tekshiruvdan oʻtishdan bosh tortish) bilan toʻldirilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat