09:28 / 23.02.2025
87

2025 yilgi Navroʻz bayrami shiori: "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!"

2025 yilgi Navroʻz bayrami shiori: "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!"
2025 yilgi Navroʻz umumxalq bayrami mamlakatimizda "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!" degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi. Bu borada Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha Bosh vazir raisligida tashkiliy qoʻmita tarkibi tasdiqlanadi.

Tashkiliy qoʻmita Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari, barcha shahar va tumanlar, qishloq va ovullarda Kontseptsiya asosida ishlab chiqiladigan Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlash boʻyicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma'naviy hamda targʻibot tadbirlari dasturini tasdiqlaydi, shuningdek, uning amalga oshirilishini ta'minlaydi.

Qayd etilishicha, bu yilgi Navroʻz bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, "Mehribonlik", "Saxovat" va "Muruvvat" uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va koʻmakka muhtoj insonlarning holidan xabar olinadi, ular uchun bayram dasturxoni yozish hamda turli xayriya tadbirlari oʻtkaziladi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi "Yangi Oʻzbekiston" majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etiladi.

Oʻtkaziladigan bayram tadbirlarining xarajatlari:

- Toshkent shahrida – respublika byudjeti va Toshkent shahri mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda – tegishli mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi belgilandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat