19:52 / 25.02.2025
74

Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini savdosi fosh etildi

Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini savdosi fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro Sh.Z. 16 quti “Omnadren-250” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.X.ga 4,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangihayot tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “R.M.” MChJ rahbari X.A.dan 300 dona “Benzonal 100 mg” hamda Departamentning Andijon shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A.dan 60 dona “Regapen” va “Tropikamid” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat