
«Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medali ta'sis etildi.
Yubiley medali bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari – “1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega boʻlgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mukofotlanadi.
Medal bilan urush qatnashchilariga tenglashtirilganganlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari, shu jumladan, “1941-1945 yillar Ulugʻ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash boʻyicha shtat lavozimida boʻlganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar