11:59 / 26.02.2025
836

Xonanda Shahriyor giyohvand modda bilan qoʻlga olingani rad etildi

Xonanda Shahriyor giyohvand modda bilan qoʻlga olingani rad etildi
Foto: IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi Bektemir tumanida joylashgan «Sharq» YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilganligi hamda qonuniy chora koʻrish uchun Bektemir tumani IIO FMBga topshirilganligi haqida ma'lum qilgan edi.

«Sharq YPX maskaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimlari tomonidan Onix rusumli transport vositasi toʻxtatilib haydovchi bilan suhbat jarayonida avtomashinada yoʻlovchi sifatida kelayotgan shaxs oʻzining harakatlari bilan xodimlarda shubha uygʻotdi. Xolislar ishtirokida ushbu shaxs tekshirilganda kiyimlari orasiga yashirib olgan giyohvandlik moddasi aniqlandi va tegishli tartibda Bektemir tumani IIO FMBga olib borib topshirildi» — deyiladi xabarda.

IIV matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosovning ma'lum qilishicha, OAVlarda gumonlanuvchi shaxs aynan «xonanda Shahriyor» ekanligi haqidagi axborotlar haqiqatdan yiroq.

«Bu kabi xabar tarqatish Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 23 moddasida belgilangan Aybsizlik prezumptsiyasi talablarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Shaxsga doir ma'lumotlar toʻgʻrisidagi qonunini 14-moddasi hamda Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonunni 6-moddasini qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni surishtiruv va tergovga oid axborotni tarqatishlarida qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilishlarini soʻrab qolamiz”.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat