
Ma'lum boʻlishicha, 25 yoshli fuqaro Toshkent shahri, Mirobod tumani hududida “Matiz” avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtda “Lacetti” rusumli avtomashinasiga urilib, toʻqnashuv sodir etgan.
Sababi “Matiz” haydovchisi O.B. yoʻl bering belgisiga rioya qilmagan holatda asosiy yoʻl boʻylab harakatlanib kelayotgan haydovchi X.M. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomashinasining yoʻliga chiqib ketgan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, “Lacetti” avtomashinasiga 8,2 mln soʻm moddiy zarar keltirilgan.
Yoʻl transport hodisasini sodir etgan fuqarodan ushbu zarar hamda baholatish xizmati uchun 500 ming soʻm pullarni undirish boʻyicha sud hujjati Byuroning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimiga kelib tushgan.
Ijro harakatlari davomida huquqbuzar fuqarodan 8,7 mln soʻm zarar pullari undirib berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar