11:13 / 28.02.2025
67

2025 yil bahor mavsumida 300 mingta daraxt ko‘chatlari ekiladi

2025 yil bahor mavsumida 300 mingta daraxt ko‘chatlari ekiladi
Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Mahalla yoshlarining ma’naviyat bog‘i” tashkil etildi. Dastlab yer maydonlarida sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yilib, daraxt ekishga tayyorlandi. Bog‘ hududida 8,5 gektar maydonga pavlovniya, oqterak, majnuntol, gilos, tut, tok, qayrag‘och kabi 7 ming tupdan ziyod daraxt ko‘chatlari ekildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika bo‘ylab 2024 yil davomida 155 ming yoshlarga bo‘lib berilgan, 60 ming gektar yer maydoniga hamda “Yoshlar yashil bog‘lari”ga yoshlar tomonidan 1 165 189 tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

2025 yil bahor mavsumida respublikaning 121 ta shahar, tumanlarida “Yoshlar yashil bog‘lari” tashkil etilib, 300 ming dona daraxt ko‘chatlari ekiladi. Mazkur tadbirlarda Yoshlar parlamenti a’zolari, ekofaollar, talabalar va yosh olimlar, kitobxonlar, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, jurnalist va blogerlar, sportchilar, san’atkorlar, yosh tadbirkorlar, yoshlar yetakchilari, qariyb 50 mingga yaqin yoshlar faol ishtirok etishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat