12:57 / 28.02.2025
92

Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi

Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi
Foto: Videodan kadr
Andijon shahrida yashovchi shaxs fuqarolarni Yaponiya davlatiga ishga yuborish bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon tarqatib, ko‘pchilikning ishonchiga kiradi.

Ammo, u Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni amaldagi tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda, Yaponiya davlatiga ishlash uchun yuborish evaziga 7400 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boshqa holatda esa Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi shaxs va uning Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi tanishi o‘zaro til biriktirib, poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirishadi.

Ular mansabdor tanishlari orqali fuqaroni Yaponiya davlatiga ishga yuborish evaziga 2500 AQSH dollari talab qilishadi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri – ya’ni, Toshkent shahrida yashovchi shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat