15:50 / 06.03.2025
199

Adliya va ichki ishlar vazir o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Adliya va ichki ishlar vazir o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev hamda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i, polkovnik Shavkat Rahmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Ushbu ma’lumotni har ikki vazirlik axborot xizmati tasdiqladi.

Aytishlaricha, Xudoyor Meliyev o‘zining tug‘ilgan kunida — 24 fevral kuni bo‘shatilgan. Uning iste’fosi bo‘yicha rasmiy axborot hamon e’lon qilingani yo‘q. Shuningdek, uning nima sababdan bo‘shatilgani va qaysi lavozimga tayinlangani haqida ham ma’lumotlar mavjud emas. Vazirlik rasmiy saytida uning lavozimi “vakant” deya ko‘rsatilgan.

Xudoyor Meliyev
Meliyev Xudoyor Xurramovich 1980 yilda tug‘ilgan. U 2019 yilning yanvaridan buyon vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. U Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida Adliya vazirligida turli mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan. O‘rinbosarlikka qadar Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Shavkat Rahmonov ham lavozimidan olingan. Bu bo‘yicha ham axborot berilmadi, ammo rasmiy saytda u haqdagi ma’lumotlar o‘chirib tashlangan.

Polkovnik Shavkat Rahmonov muqaddam Xorazm viloyati IIB (2017–2019 yillar), Samarqand viloyati IIB (2019–2022) va Namangan viloyati IIB (2022–2023) rahbari lavozimlarida ishlagan. 2023 yil fevraldan buyon O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston IIVni 2017 yil sentyabridan buyon boshqarib kelgan general-leytenant Po‘lat Bobojonov 2025 yil 3 mart kuni lavozimini tark etdi, u prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat