21:16 / 10.11.2016
8 703

Malayziyada o‘zbekistonlik 17 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi

Malayziyada o‘zbekistonlik 17 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi

Kuala-Lumpur polisiyasi 8 noyabr kuni Bukit Seylon tumanida qo‘shmachilikda gumon qilingan ayolni qo‘lga oldi. Kun.uz sayti yozishicha, tadbir davomida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan 17 nafar ayol jinsiy qullikdan qutqarilgan. Bu ma’lumotni Tan Shri polisiyasining bosh inspektori Abu Bakar tvitterdagi rasmiy akkauntida tasdiqlagan.

Ozod qilingan ayollarning shaxsi ma’lum qilinmadi.

"Kuala-Lumpurda, Bukit Seylonda qo‘shmachini hibsga olish bo‘yicha tadbir muvaffaqiyatli o‘tgani va o‘zbekistonlik 17 nafar ayolning qutqarilgani bilan tabriklayman", — deb yozgan u.

U shuningdek, tumanda odam savdosiga va muhojirlar kontrabandasiga qarshi kurash darajasini yuqori baholagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Malayziyada o‘zbekistonlik 17 ayol jinsiy qullikdan qutqarildi