11:46 / 07.03.2025
84

Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan yarashgan oilalar ayollariga sovg‘alar ulashildi

Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan yarashgan oilalar ayollariga sovg‘alar ulashildi
Har bir jamiyatda voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish zamonaviy davlatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Byuro organlari, ayniqsa, aliment to‘lash bilan bog‘liq masalalarda katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Oltiariq tumanidagi Majburiy ijro byurosi shulardan biri bo‘lib, u aliment mablag‘larini undirish va bu borada tegishli choralarni ko‘rish uchun faoliyat yuritmoqda.

Aliment to‘lash bo‘yicha sud qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarga qarshi qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, bunday shaxslarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish kabi choralar mavjud. Bu esa voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish uchun muhim ahamiyatga egadir.

Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 6 mart kuni Sayyor sud bo‘lib o‘tdi. Unda JIB Oltiariq tuman sudining qarori asosida 10 nafar aliment qarzdorining holati ko‘rib chiqildi. Ulardan 3 nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu kabi choralar aliment majburiyatlarini bajarishning muhimligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, sud jarayoni davomida 29 million so‘m miqdoridagi aliment karzdorligini bartaraf etishdi. Bu albatta, ularning oilasi uchun xursandchilik manbai bo‘ldi.

Eng xursand qiladigani — sud jarayoni natijasida yana to‘rt nafar oila yarashdi. Oila yarashuvi — har qanday jamiyat uchun foydali holat, chunki bunaqa holatlarda voyaga yetmagan farzandlarga ham orzu qilingan baxt va qulaylik yaratiladi.

Majburiy ijro byurosining xodimlari bu xursandchilikni yana da oshirish maqsadida ayollarga hurmat-e’tibor ko‘rsatib, ularni kirib kelayotgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabrikladilar. Bu esa Byurong xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlarning insonparvarlik xususiyatini namoyon etadi.

Shunday qilib, Oltiariq tumani Byurosining faoliyati voyaga yetmaganlarning huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat