00:28 / 15.03.2025
109

Sabrina Jabborovani urib yuborgan aktrisa aloqaga chiqdi (video)

Sabrina Jabborovani urib yuborgan aktrisa aloqaga chiqdi (video)
Ozoda Nursaidovaning “Dilbarim” qo‘shig‘iga ishlangan klip syomkasida “Gelik” boshqarib 22 yoshli aktrisa Sabrina Jabborovani urib yuborgan qiz aloqaga chiqdi.

— Sabrina opadan uzr so‘ramoqchiman, ular shifoxonaga tushganidan beri uzr so‘rab kelaman. Men shu paytgacha qattiq shokda va stressda edim. Buning ustiga onam ham operatsiya bo‘lgan edilar, ularga qarashim kerak edi. Shuning uchun shu kungacha aloqaga chiqa olmadim. Men 16 yoshman, 17 ga ham to‘lganim yo‘q. Lekin men yosh bo‘lsam ham hech kim ayab o‘tirmadi. Shunda ham boshqalarning xatosini aytmasligimni so‘rashdi.

Allohning sinovi bilan avtomobil ruliga men to‘g‘ri kelib qoldim. Qonun oldida javob berishga tayyorman. Men bu klip syomkasiga Ozoda Nursaidovaning hurmatlari uchun borganman. Men o‘shanda Shahrisabzda edim, Ahad Qayum onamga qo‘ng‘iroq qilib, klip syomkasiga taklif qilganlar. Onam esa boshida meni jo‘natishga qo‘rqqanlar. Maktabimdan ta’tilda bo‘lganim uchun Toshkentga syomkaga keldim. Syomka jarayonlari boshlandi, ikki kun uxlamay klipni suratga oldik. Bu voqea syomkaning oxirgi uchinchi kunida yuz berdi.

O‘sha kuni syomkaga bordim, kostyumerlar kiyimlarni tayyorlab qo‘yishgan ekan. Krossovkada edim, ular kadrda oyog‘im ko‘rinishini, shuning uchun poshnali oyoq kiyim kiyishim kerakligini aytishdi. Shundan so‘ng “Gelik”ni haydashimni aytishdi. Ahad Qayum ularga “Bu mashina haydashni biladi, degan ekan. Lekin men avval “Gelik” haydab ko‘rmaganimni aytdim. “Gelik”ni haydab kelgan haydovchi qayta-qayta menga uni qanday haydash kerakligini tushuntirdi. Ijodiy guruh o‘z murojaatlarida ssenariyda avtomobil boshqaradigan joyi yo‘q edi, deyishdi. Unda nega menga o‘sha kuni mashina haydaysan, deyishdi?

Shu tarzda syomka boshlandi. 4-5 ta kadr olindi. Bu voqea oxirgi kadrda bo‘ldi. “Bu yerda odamlar ko‘pku, qanaqa qilib haydayman?”, deb so‘radim. Shuhrat va Abror akalar “Massovkaga javobgar odamlar bor, sen ularga qarama”, deb aytishdi. Keyin men mashinani boshqarayotganimda sen yo‘lga emas, kadrga, oyna tarafga qara, deyishdi. Shundan keyin men boshqaruvni yo‘qotdim. Chunki ko‘zim yon tomonga qarayotgan edi. Ham poshnali tuflida mashina haydash qiyin ekan. Ushbu voqeadan keyin men hushimni yo‘qotganman. Ular Sabrina opani kasalxonaga olib ketishgan”, — deydi Sevinch.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat