20:07 / 19.03.2025
84

Saida Mirziyoyeva AQSH Kongressi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva AQSH Kongressi a’zosi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQSH Kongressi a’zosi, O‘zbekiston bilan hamkorlik bo‘yicha parlament kokusi ishtirokchisi Kerol Miller bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegram'dagi kanalida yozib qoldirdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston—AQSH munosabatlarini yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashilgan.

«Ta’lim sohasidagi islohotlar, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu yo‘nalishlarda Kongress bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga to‘xtaldik.

Qizg‘in suhbat va qo‘llab-quvvatlov uchun Miller xonimga minnatdorlik bildiraman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 17 mart kuni Kerol Miller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi. Uchrashuv davomida iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalarni, shu jumladan, tog‘-kon, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat