17:01 / 24.03.2025
690

Ichimlik suvi qarzdorligiga e’tiborsiz bo‘lmang

Ichimlik suvi qarzdorligiga e’tiborsiz bo‘lmang
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan, ”Sirdaryo suv ta’minoti” AJ bilan hamkorlikda iste’molchilarning ichimlik suvidan qarzdorliklarini undirish yuzasidan hududlarda undiruv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Undiruvlarni amalga oshirish bilan birga, qarzini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan iste’molchilarning mulklari xatlanmoqda.

Jumladan, Mirzaobod tuman Toshkent mahallasi hududida yashovchi fuqaro 2022 yildan buyon ichimlik suvidan jami 2,3 mln. so‘m qarzini to‘lamaganligi sababli qarzdorga tegishli televizor hamda kir yuvish mashinasi xatlandi.

Bunday tadbirlar barcha tuman va shahar hududlarida olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat