14:18 / 15.11.2016
11 882

Bosh vazirning virtual qabulxonasiga xat yo‘llagan fuqaro arizasini qaytib olish uchun 5000 AQSh dollari talab qildi va ….

Bosh vazirning virtual qabulxonasiga xat yo‘llagan fuqaro arizasini qaytib olish uchun 5000 AQSh dollari talab qildi va ….

Shuni afsus bilan ta’kidlash kerakki, Virtual qabulxonaga yo‘llangan ayrim murojaatlarni o‘rganishda mualliflarning tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘yayotganliklari ham aniqlanmoqda, deb yozadi Mulohaza.uz sayti.

Xususan, Muborak tumanida yashovchi fuqaro S. Xo‘jaqulovning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri elektron qabulxonasiga qilgan murojaati yuzasidan tekshirish harakatlari olib borilganda, uning kelgusida virtual qabulxonaga murojaat qilmasligi va muqaddam yozgan arizalarini qaytarib olishi evaziga pul talab qilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Viloyat prokuraturasi va Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tezkor tadbirda murojaat muallifi S. Xo‘jaqulov Muborak tumani elektr ta’minoti korxonasi rahbari O. Ishanqulovdan 5000 AQSh dollarini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtda ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan S. Xo‘jaqulovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazirning virtual qabulxonasiga xat yo‘llagan fuqaro arizasini qaytib olish uchun 5000 AQSh dollari talab qildi va ….