
Nafs balosi insonni turli qing‘ir ishlarga boshlab, oxir-oqibat o‘z domiga tortadi. Ayniqsa, tayinli ish joyiga ega bo‘la turib, mansabini suiiste’mol qilganlarni oqlab bo‘lmaydi.
Asaka tumanida ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyatining mansabdorlari o‘zaro til biriktirib, fuqarolarning tomorqa yerlarini sug‘orish maqsadida budjet mablag‘lari hisobidan artezian quduqlarni qazish va ta’mirlash ishlari uchun loyiha hujjatlarini qo‘lga kiritgan.
Dastlab, birinchi quduq qazib berilgan bo‘lsa-da, ikkinchi quduq qazib bitkazilmasidan o‘sha hududdagi fermer xo‘jaligi tomonidan qazilgan quduqni yangi qazilgan deb hujjatlar soxtalashtirilgan. Shuningdek, budjet mablag‘laridan 120 mln. so‘m o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Marhamat tuman sudi tomonidan huquqbuzarlarning biriga axloq tuzatish ishlari jazosi va biriga jinoiy jarima jazosi tayinlangan.
Hozirda Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi tomonidan javobgar shaxsdan 30 mln. so‘m miqdorda jinoiy jarima pullari undirilib, davlat budjetiga o‘tkazilishi ta’minlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar