20:41 / 01.04.2025
97

Xorijlik tadbirkor foydasiga 699 mln. so‘m qarzdorlik undirildi

Xorijlik tadbirkor foydasiga 699 mln. so‘m qarzdorlik undirildi
Mamlakatimizda mahalliy tadbirkorlar bilan bir qatorda xorijiy tadbirkorlarni ham qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish e’tiborda.

Sirdaryo viloyat sudining qarzdor “A.INTER.M.” MCHJdan Shveysariyaning “ASSTRA F.AG” korxonasi foydasiga 48 485 EVRO qarz va 14,1 mln. so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.

Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik qoplanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, qarzdorning bank hisob-raqamiga hamda mol-mulklariga band solingan.

Ijro harakatlari natijasida qarzdordan mazkur qarzdorlik 699 mln. so‘m miqdorida to‘liq undirilib, undiruvchi xorijiy korxonaning bank hisob raqamiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat