
Shou-biznes sohasida uzoq yillardan buyon qalam tebratib kelgan jurnalist Jasur Hamroyev vafot etdi.
Jasur Hamroyev 42 yoshda edi. U qandli diabet kasaliga chalingani va so‘nggi oylarda buyrak yetishmovchiligi dardi bilan og‘rib kelgani ma’lum qilinmoqda.
«Agar biz oddiyroq yashashni va Allohga tavakkal qilishni o‘rgansak, ko‘p tashvishlardan xalos bo‘lamiz. Keling, birgalikda hayotimizga ko‘proq iliqlik kiritaylik, shunda biz ham, yaqinlarimiz ham o‘zlarini xotirjam his qilishlari mumkin. Zero, Alloh taolo bizni har qadamda asraydi, har qanday to‘siqlarni olib tashlaydi va hayotimizni cheksiz rahmatiga to‘ldiradi...» deb yozgan edi u ijtimoiy tarmoqdagi so‘nggi postlaridan birida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar