7 842
Samarqand shahrining bir qator hududlarida bir necha yillardan buyon to‘xtab qolgan issiqlik ta’minoti qayta tiklandi
Qiymati 600 million so‘mlik zamonaviy to‘rtta lokal qozonxona qurib bitkazilishi natijasida shaharning Sartepa, Sug‘diyona, Marhabo hududlari va Kimyogarlar shaharchasidagi 13 ta ko‘p qavatli uylarda joylashgan 570 ta xonadonga issiqlik etib boradi.
Ushbu loyiha "Samarqand shahrida 2016-2017 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi"ga muvofiq bajarilmoqda. Zamonaviy qozonxonalarning har biri 600 kVt quvvatga ega bo‘lib, oldingilariga qaraganda energiya bir necha baravarga tejalishi bilan ajralib turadi. Uskunalar "Chirchiq teplodar servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘rnatib berilmoqda, deb yozadi "Zarafshon" gazetasi.
– Barcha qurilish-montaj ishlari shu yilning 15 noyabriga qadar tugatilib, shu sanadan boshlab aholiga issiqlik ta’minoti etkazish rejalashtirilgan, – deydi Samarqand shahar hokimligi bosh mutaxassisi Feruz Najmiddinov. – Bu esa nafaqat qish mavsumida aholiga issiqlik bo‘yicha qulaylik yaratadi, balki tabiiy gaz, ayniqsa, elektr energiyasining bir necha baravar tejalishiga, har yili uchraydigan elektr uzatish, taqsimlash uskunalarining zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan uzilishlarning oldini oladi. Aholi kommunal sohadagi barcha xizmatlardan muammosiz bahramand bo‘lishiga zamin yaratiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi