
Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaratishga keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar taqdim etib kelinmoqda.
Mazkur olingan kredit pullarini o‘z vaqtida qaytarib borish banklar samaradorligini yanada mustahkamlaydi.
Biroq, berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmay, o‘z vaqtida kredit pullarini so‘ndirmaslik holatlari ham uchrab turibdi.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudining 26.03.2025 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar “RQB” MCHJdan undiruvchi AT “Xalq banki” foydasiga 475 mln. 680 ming so‘m kredit qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish sho‘basi tomonidan ijro harakatlari olib borilgan.
Berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, garov mulki hisoblangan, Sirdaryo tumani, Paxtakor mahallasida joylashgan, 1,3 mlrd. so‘mga baholangan choyxona binosi xatlangan.
Natijada, choyxonadan ajralishni istamagan qarzdor kredit qarzini to‘liq to‘lab bergan. Shuningdek, qarzdorlik sabab yuzaga kelgan jami 9,5 mln. so‘m ijro yig‘imini ham to‘laydigan bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar