
Kornell universiteti olimlarining yangi tadqiqotiga ko‘ra, ayollar o‘zaro do‘stlik munosabatlarini shakllantirishda inson tanasidan keladigan hidga e’tibor qaratadi, deb xabar bermoqda New Cornell nashri.
Tadqiqot davomida ishtirokchi ayollar avval boshqa insonlar tomonidan kiyilgan futbolkalarni faqat ulardan kelgan hid asosida baholaganlar. Keyin esa xuddi shu odamlar bilan shaxsan uchrashib, qisqa muddatli muloqotdan so‘ng yana bir marta baholash o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, birinchi bosqichda tan hidiga ko‘ra berilgan baho, keyinchalik o‘sha inson bilan shaxsan muloqotdan so‘ng paydo bo‘lgan simpatiya bilan yaqindan bog‘liq ekani aniqlangan.
Tadqiqot mualliflaridan biri Veronika Zayas bu borada quyidagilarni ta’kidladi:
«Barcha ishtirokchilar o‘zlariga kim yoqishi mumkinligi haqida aniq bir tushunchaga ega edilar».
Uning ta’kidlashicha, aynan hid orqali shakllangan bu tasavvurlar keyingi muloqotlar davomida qaysi inson ularga yoqishi mumkinligini oldindan aniqlash imkonini bergan:
«Gap kimningdir hidi yomon yoki yaxshi ekanida emas, bu ko‘proq individual darajadagi shaxsiy reaksiyadir».
Tadqiqotda yana bir qiziq faktga e’tibor qaratilgan. Shaxsan muloqotdan keyin inson tanasi hidi avvalgidan boshqacha qabul qilina boshlagan.
«Bir marta muloqot qilishning o‘zi inson tanasidan kelgan hidni qabul qilishimizni o‘zgartirib yuboradi», — deb ta’kidlagan tadqiqotda ishtirok etgan ayollardan biri.
Shunday qilib, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarda nafaqat tashqi ko‘rinish yoki xarakter, balki shaxsiy darajadagi individual hidlar ham muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligi ilmiy jihatdan isbotlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar