
Har bir ota-ona farzandining baxtli bo‘lishini orzu qiladi. Lekin bolaning haqiqatan ham baxtli ekanligini qaydan bilsa bo‘ladi? Mashhur psixolog Katya Ximenes Molins bu boradagi kuzatuvlari va maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning ta’kidlashicha, baxtli bola hayotida alohida ko‘zga tashlanadigan 6 ta asosiy belgi mavjud.
1. Hissiyotlarni erkin ifodalash
Baxtli bola:
- Emotsiya va hissiyotlarini qo‘rqmasdan namoyon qiladi.
- Qanday holatda bo‘lmasin, ota-onasining qo‘llab-quvvatlashiga ishonadi.
- O‘zini tanqidsiz qabul qilinganini his qiladi.
“Bola qayg‘usini, g‘azabini yoki shodligini yashirmaydi. Chunki u yaxshi ko‘riladigan va qabul qilinadigan muhitda ulg‘aymoqda”, — deydi Molins.
2. Tabiiy qiziquvchanlik
Baxtli bolalar:
- Kattalarga doimo savollar beradi.
- Atrofdagi dunyo haqida bilishga intiladi.
- Yangiliklarni o‘rganishdan hech charchamaydi.
Qiziquvchanlik bolaning aqliy o‘sishida muhim rol o‘ynaydi va baxt hissi bilan bevosita bog‘liq.
3. Mustahkam oilaviy aloqalar
Psixolog ta’kidlaydi:
- Bolaning oilasi bilan kuchli ishonch munosabatlari bo‘ladi.
- Qiyin holatlarda yolg‘iz qolmasligini biladi.
- Doimo empatiya va yordam kutadi.
Bu holat bolaga hayotda qattiq suyanch va ichki tinchlik beradi.
4. Ijodkorlikka intilish
Baxtli bolalar:
- Rasm chizadi, she’r yozadi, qo‘shiq aytadi.
- O‘yinlar orqali o‘zining fantaziya olamini namoyon etadi.
- Tengdoshlari bilan ijodiy faoliyatda ishtirok etadi yoki mustaqil ravishda biror narsa yaratadi.
“Ijod insonning ichki erkinligidan dalolat beradi”, — deydi Molins.
5. Muloqotda o‘zini erkin his qilish
Baxtli bola:
- Yangicha muhitda ham osonlikcha do‘stlashadi.
- Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilishdan qo‘rqmaydi.
- O‘z fikrini erkin bayon eta oladi.
Muloqot qobiliyati insoniy munosabatlarning asosiy asoslaridan biridir.
6. Qiyinchiliklarni yengish qobiliyati
Eng muhim ko‘nikma —:
- Har qanday hayotiy muammoni yengish qobiliyati.
- Qiyin vaziyatda ham irodali va barqaror bo‘lish.
Bu xususiyat bolaga kelajakda mustaqil va kuchli shaxs bo‘lib ulg‘ayishda yordam beradi.
Bolaning baxti — uning ichki olamining yuzaga chiqishi
Psixolog Molins ta’kidlaganidek:
“Baxtli bola emas, baxtli muhit yaratishga intiling. Shu muhitda bola o‘z salohiyatini erkin va tabiiy tarzda rivojlantiradi.”
Siz nima deb o‘ylaysiz — bolaning baxtli bo‘lishi uchun yana qaysi omillar muhim? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar