
Saudiya Arabistonida reklama shousi vaqtida yo‘lbars kichik qizchaga hujum qilib, uning hayotiga xavf soldi. Bu haqida "Kun" nashri xabar qildi.
Qirollikning shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Sakaka bozori yaqinidagi ochiq hududda yo‘lbars ishtirokidagi reklama shousi bo‘lib o‘tayotgan edi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lbars ko‘ngilochar dastur doirasida murabbiy tomonidan bolalarga ko‘rsatilayotgan edi. Kutilmaganda u murabbiyning yonida turgan qizga hujum qildi va qiz qo‘rqqanidan baqira boshladi.
Murabbiyning o‘z vaqtida aralashuvi qizchani yirtqich hayvon iskanjasidan qutqardi.
Shunga qaramay, bu voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamaga sabab bo‘ldi. Xavfsizlik choralarining ko‘rilmaganligi va hattoki to‘siqlarning yo‘qligi foydalanuvchilarning g‘azabiga sabab bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar