date
views 64

Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi

Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ga ko‘ra, uy-joyga muhtoj shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand aholiga ijtimoiy uy berish tizimini takomillashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

- ijtimoiy uyda yashayotgan har bir oilani mahalladagi ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan kompleks baholash;
- faqat mehnatga layoqatli a’zolari bo‘lmagan hamda “kambag‘al oilalar reyestri”da turgan oilalarga ijaraga ijtimoiy uy-joy berish;
- kambag‘al oilalarning mehnatga layoqatli a’zosi ishlash sharti bilan uyni ijara olish xarajatlarini qoplab berish;
- kambag‘allikdan chiqqan oilalarning ipotekasiga maxsus subsidiya shartlarini qo‘llash;
- ko‘p qavatli uy-joylarining bir qismini ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkazish.

Ishlab chiqilgan takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ko‘p qavatli uylarning bir qismi ijtimoiy uy-joy fondiga o‘tkaziladi