O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi

Jamiyat1 daqiqa o'qish7.9K
O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi
O‘tgan 9 oy ichida bojxonachilar tomonidan 194 ming dollar naqd xorijiy valyutaning noqonuniy olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi

"Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarning havo yo‘llari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda.

Jumldan, Seulga parvozi oldidan xorazmlik V.Kim (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida 2 ming AQSh dollarini olib chiqayotganligini qayd qildi, ammo bojxona ko‘rigi davomida uning sumkasidan yana shuncha miqdorda naqd xorijiy valyutalar yashirilganligi bojxona xodimlari tomonidan aniqlandi.

Poytaxtlik Rimga parvozga chog‘langan A.Cho‘ponova yonidagi ortiqcha 1750 yevro haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatmagani aniq bo‘ldi.

Istambulga yo‘l olgan toshkentlik S.Kayumova sumkasiga 1800 yevroni yashirib qo‘ygani fosh qilindi.

Ayni shu reys bo‘yicha safarga otlangan fuqaro M.Adilov ichki kiyimlari orasiga 2470 AQSh dollarini yashirganligi ma’lum bo‘ldi.

"Toshkent-Moskva" reysi bo‘yicha parvozga shaylangan V.Soy 3200 AQSh dollarini bojxona nazoratidan yashirincha olib o‘tishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Istambulga parvozi oldidan samarqandlik X.Ravshanovaning naqd xorijiy valyutalarini yashirincha olib o‘tishga harakat qilgan 5 ming AQSh dollari bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida "Toshkent-Aero" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 182 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida salkam 194 ming AQSh dollari, 16,4 ming yevro, 2 mln.dandan ortiq Rossiya rubli va boshqa naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy ravishda olib o‘tilishining oldi olindi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?