
Jizzax viloyatidagi G‘allaorol tumaniga qarashli Uzunbuloq mahallasiga Turizm qo‘mitasi tomonidan rasman «Turizm mahallasi» maqomi berildi. Bu munosabat bilan tashkil etilgan bayramona tadbirda mahalla raisiga maxsus «Turizm mahallasi» sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Ayni vaqtda Uzunbuloq mahallasida turizm infratuzilmasi jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Bu yerda hozirgi kunda 10 dan ziyod oilaviy mehmon uylari, 8 nafar hunarmand ustalar, 5 ta ovqatlanish joyi, shuningdek, 2 ta selfi hududi va 3 ta savdo markazi o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Tadbir davomida yana ikki nafar mahalliy tadbirkorga oilaviy mehmon uylarini muvaffaqiyatli tashkil qilganligi uchun alohida sertifikatlar taqdim etildi.
Shuningdek, ushbu tadbir doirasida «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida ichki turizm yarmarkasi ham o‘tkazildi. Yarmarkada mahalliy hunarmandlar o‘zlarining mahsulotlarini keng jamoatchilikka taqdim etdilar. Bundan tashqari, bir qator turizm kompaniyalari yangi turistik yo‘nalishlar va turpaketlarni tanishtirdilar.
Uzunbuloqda «Turizm mahallasi» tashkil etilishi hududda ichki turizmni yanada rivojlantirishga, mahalliy aholining bandligini oshirishga, shu orqali hududning iqtisodiy rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.
Kelajakda ham bu kabi tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilgan. Xususan, 2025 yilning oxirigacha Jizzax viloyatining Forish tumanidagi «Uxum» va Baxmal tumanidagi «Novqa» mahallalariga ham «Turizm mahallasi» maqomi berilmoqchi. Bu esa viloyatdagi turizm salohiyatining oshishiga yanada katta turtki bo‘ladi.
O'zbekiston yangiliklari Turizm MahallasiJizzax ViloyatiUzunbuloq MahallasiIchki TurizmTadbirkorlar SertifikatiYangi Yo'nalishlar Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar