Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: Videodan kadr
Yakkasaroy tumanidagi texnopark hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bugun, 1 may kuni soat 07:01 da Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qo‘shbegi ko‘chasidagi Texnopark hududida joylashgan sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat nazoratga olingan.

FVV xabariga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar