
9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urushda halok bo‘lganlarning jasoratiga umumxalq ehtiromini namoyish qilish maqsadida Toshkentda 2000 kishi ishtirokida 5 km masofaga bayramona yugurish musobaqasi — marafon bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida «Bunyodkor» stadioniga tutash hududda tashkil etiladi.
Qayd qilinishicha, urush yillari O‘zbekiston eng muhim frontorti markaziga aylangan, bu yerda 280 ta yangi korxona qurildi, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, 2000 dan ortiq samolyot, 19 mingta aviamotor, 18 mingta minomyot, 1 million dona granata, 22 million dona mina ishlab chiqarildi. Respublika 1,5 millionga yaqin evakuatsiya qilinganlar, jumladan, 250 ming yetim bolalarni qabul qildi. O‘zbekistonliklarning jasorati Toshkentdagi G‘alaba bog‘idagi «Matonat madhiyasi» monumentida abadiylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, ishtirokchilarga uchburchak shaklidagi front maktubiga o‘xshatib ishlangan yoki frontchilarning familiyalari yozilgan konvert-maktub beriladi. Xatning orqa tomonida urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik askarning ismi, qisqacha hayoti yoki iqtibos keltiriladi.
Har bir yuguruvchi ramziy ma’noda «xatni o‘z egasiga yetkazib beradi» – uni katta xotira taxtasiga yopishtiradi, marraga yetib kelganlar askarlarning ismi yozilgan qog‘oz parchalarini ham yopishtiradi, shu tariqa, xotira devori paydo bo‘ladi.
Shuningdek, finish nuqtasida har bir ishtirokchiga O‘zbekistonning kichik bayrog‘i topshiriladi va marraga yetganlikni anglatuvchi esdalik medali beriladi.
Tadbir bir nechta xatni o‘qish, madhiya va bayroq rangidagi kunduzgi salyut bilan yakunlanadi.
Xotira KuniMarafon ToshkentdaUrushda HalokO‘zbekiston JasoratiBayramona YugurishBunyodkor Stadionida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar