18:57 / 22.11.2016
8 170

Narimon Umarov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Narimon Umarov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan nomzod Narimon Umarovning 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Xorazm viloyatidagi uchrashuvi ham boshqa hududlardagi singari saylovchilarning yuqori darajadagi faolligida kechdi.

Narimon Umarov uchrashuv ishtirokchilariga o‘z Saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlarini ma’lum qildi. Xususan, nomzod “Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” tamoyiliga amal qilgan holda, aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilashning muhim sharti bo‘lgan, ko‘p yillik mustaqil taraqqiyotimiz davrida o‘zini oqlagan davlat ijtimoiy dasturlarini ishlab chiqib, hayotga samarali tatbiq etish tajribasini davom ettirishga doir takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Ayniqsa, Prezidentlikka nomzodning kuchli ijtimoiy himoya siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida aholi salomatligini muhofaza qilishga doir ilgari surgan takliflari saylovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Jumladan, ilm-fan, texnika, tibbiyot sohalari tez sur’atlarda taraqqiy etib borayotgan bir paytda demografik muammolar, ekologik bo‘hronlar oqibatida yangi-yangi kasalliklar kelib chiqayotgani, bu esa aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning sifatini muntazam ravishda yaxshilab borishni taqozo etadi. Bu esa sohadagi ilmiy-amaliy izlanishlarning samaradorligini oshirish, tibbiyot xodimlarining malakasini yuksaltirishga qaratilgan masalalarga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurligini talab qiladi.

Shu bois nomzod aholi keng qatlamlariga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash barobarida, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari doirasida bolalarni tibbiy xizmatlar bilan ta’minlash tizimini kuchaytirish, qolaversa, mazkur sohada dori vositalarining noqonuniy aylanishi hamda sifatsiz dori vositalari sotilishining oldini olish tarafdori ekanini bayon qildi.

Nomzodning aholi o‘rtasida talab yuqori bo‘lgan tibbiyot muolajalariga, xususan, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng qo‘llanib kelinayotgan eng ilg‘or tibbiy xizmat turlarini mamlakatimizda ham joriy qilish orqali ko‘plab insonlarniqaratilgan ezgu maqsadlari saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Ochiq va jonli muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda ishtirokchilar Prezidentlikka nomzoddan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi hamda o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Qurbonboyev, Urganch davlat universiteti dosenti Yu.Raxmanova, Xorazm viloyat Onkologiya dispanseri bosh shifokori T.Palvanov, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati R.Ruzmetov va boshqalar Narimon Umarovning saylovoldi dasturini qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqdilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Narimon Umarov Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi