Bundan 17 yil muqaddam Xitoyning g‘arbida sodir bo‘lgan Rixter shkalasi bo‘yicha 7,8 balli zilzila oqibatida shaxta buzilib, uning vayronalari tagida 118 nafar shaxtyor qolib ketgandi, deb xabar beradi “Darakchi” nashri.
Shaxta o‘shandan keyin yopib qo‘yilgan edi. Yaqinda qaytadan ishga tushirilganda, u erdan bundan 17 yil ilgari zilzila oqibatida qolib ketgan shaxtyor qutqarildi. U 17 yil davomida ajal komidan tirik chiqish uchun kurashgan.
Bu 59 yoshli Chung Vai ismli shaxtyordir. Uning ahvoli juda og‘ir. Chung Vai kasalxonaga yotqizildi, hozirda vrachlar uning jismoniy va ruhiy holatini kuzatishmoqda. Shaxtyorning uzoq yillar mobaynida tirik qolishiga ventilyasion tuynuk orqali havo kirgani va shaxtada oziq-ovqat mahsulotlari borligi sabab bo‘lgan. Ammo shunga qaramay, u kalamush va sichqonlar bilan oziqlanishga majbur bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlarda insonning bunday uzoq vaqt davomida tirik qolishi juda kam uchraydigan hodisadir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari