
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqarodan undiruvchi “Infinbank” AJ foydasiga jami 777 mln. 216 ming 525,29 so‘m qarz undirish, undiruvni garovdagi transport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 14.04.2025 yilda Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor o‘ziga tegishli bo‘lgan garovdagi “Chevrolet TAHOE”ni o‘z xohishi bilan kredit qarzini to‘lamaganidan so‘ng ham davlat ijrochisiga taqdim etmagan. Shundan so‘ng, avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Chevrolet TAHOE” harakatdan ushlanib, xatlangan va vaqtincha saqlash uchun undiruvchiga topshirilgan.
Bank foydasiga 777,2 mln. so‘m miqdoridagi kredit qarzi qoplanmaganidan so‘ng, taraflar o‘rtasida qarzdorga tegishli bo‘lgan transport vositasi 975.351.251 so‘mga baholanib, auksion savdolari orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar