date
views 36

Namangan viloyatida gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi

Namangan viloyatida gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Namangan tumanidagi gaz zapravkada avtomobil yonib ketishi bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 15 may kuni soat 19:48 da Namangan tumani Dehqonobod MFY hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hududida «Jiguli» rusumli transport vositasi yong‘in chiqqani bo‘yicha FVBga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga yetib borgan va o‘t o‘chiruvchilar hamda shoxobcha ishchilari bilar birgalikda yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida «Jiguli»ning salon qismi to‘liq yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida fuqarolar kuyib, tan jarohati olish holati kuzatilmagan va shoxobcha binosiga zarar yetmagan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan viloyatida gaz zapravkada «Jiguli» yonib ketdi