
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan bir qator tezkor tadbirlar natijasida Tojikiston orqali O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan kiritilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar fosh etildi. Jinoyat sodir etgan shaxslar qonun doirasida javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.
Qonuniy chegarani buzib o‘tgan narkokuryer
Tadbirlardan biri davomida 1986 yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tayotgan paytda qo‘lga olindi. Uni tekshirish jarayonida sumkasidan 15 ta o‘ramda jami 14 kg 584 gr «gashish» moddasi aniqlandi. Tergovga qadar tekshiruv boshlanib, ushbu moddani qabul qilib oluvchi ham fosh etildi — 1969 yilda tug‘ilgan Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida yashovchi fuqaro narkotik moddani Bekobod tumanida qabul qilayotgan paytda qo‘lga tushdi.
Bekobodda 9 kg opiy sotilmoqchi bo‘lgan
Yana bir holatda, Farg‘ona viloyati tezkor guruhi Toshkent viloyati Bekobod tumanida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroni 9 kg 467 gr “opiy” moddasini sotish paytida ushladi. Tergovda ma’lum bo‘lishicha, modda avval Surxondaryoga tojikistonlik narkokuryer tomonidan olib kelingan va u yerdan Denovlik 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro orqali Toshkent viloyatiga yetkazilgan. Bu shaxs ham qonun doirasida protsessual tartibda ushlangan.
Avtomobildagi tekshiruvlarda ham giyohvand moddalar topildi
Qo‘qon shahrida «Farg‘ona–Qo‘qon» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lasetti» avtomashinasi to‘xtatilib, tekshiruv natijasida yo‘lovchi — 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro beliga 1 kg 759 gr gashishni joylashtirgani aniqlandi. Bundan tashqari, «Farg‘ona–Toshloq» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Zaparojes» avtomashinasi salonida 995 gr gashish moddasi topildi. 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi ushbu modda uchun javobgar deb topildi.
Jami 26 kg 805 gramm giyohvand modda musodara qilindi
Olib borilgan tadbirlar natijasida jami 26 kg 805 gr giyohvand moddalar ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ish olib borilmoqda.
Zamin.uz tahririyatidan:
O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash qat’iyat bilan davom ettirilmoqda. Mudom ogohlik va hamkorlikdagi tezkor choralar mamlakat xavfsizligi va fuqarolar sog‘lig‘ini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi.
Davlat Xavfsizlik XizmatiChegara Qo‘shinlariToshkent ViloyatiGiyohvand ModdalarNarkotik ModdaFarg‘ona ViloyatiBekobod TumaniNoqonuniy O‘tkazishTezkor Tadbirlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar