date
views 72

Sud qarori ijro etilib, javobgarlar xonadondan ko‘chirildi

Sud qarori ijro etilib, javobgarlar xonadondan ko‘chirildi
MIBning Uchtepa tuman bo‘lim ish yurituviga, FIB Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, qarzdorlar bir oilaning 4 nafar a’zosini nizoli, yashab turgan uyidan boshqa xonadonga ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishini yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdorlarga nisbatan 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.

Biroq qarzdorlar qonun talabi asosida berilgan ixtiyoriy muddatda o‘z majburiyatlarini bajarmasdan, xonadonni qonuniy egasiga bo‘shatib berishdan muntazam ravishda bosh tortib kelishgan. Shundan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorlar majburiy tartibda uydan ko‘chirilib, sud qarorida belgilangan xonadonga ko‘chirib o‘tkazilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida ijro hujjatining ijrosi ta’minlangani bois davlat ijrochisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud xujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasiga asosan ijro amalda tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarori ijro etilib, javobgarlar xonadondan ko‘chirildi