
Qumqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Rahim Jo‘rayev (ism familiyasi o‘zgartirilgan) o‘zining tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan qurilish mahsulotlarini Toshkent viloyatidan shartnoma asosida qabul qilib, foydalanib kelgan bo‘lsa-da, taraflar kelishuviga ko‘ra to‘lovlar o‘z vaqtda amalga oshirilmagan.
Ushbu masala fuqarolik ishlari bo‘yicha sud organlarida ko‘rib chiqilib, R.Jo‘rayevdan 244 million so‘m qarz undirilishi belgilandi.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishildi. Qarzdor R.Jo‘rayevga ijro hujjati mazmuni tushuntirilib, ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, qarzdorlik bartaraf etilmadi.
Shundan so‘ng, o‘rganishlar natijasida qarzdorga tegishli “Kamaz” rusumli yuk mashinasi borligi aniqlanib, davlat ijrochisining qarori bilan qidiruv e’lon qilindi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina tuman hududidan topilib, tegishli tartibda xatlandi.
Xuddi shuningdek, ijro hujjatlari asosida Termiz tumani Obodonlashtirish boshqarmasining ham yuridik tashkilotlar oldidagi jami 308 million so‘m qarzdorligi uchun qarzdor jamiyatga tegishli “Shacman” maxsus yuk mashinasiga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.
Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv shu’basi tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida avtomashina topilib, xatlovga olindi.
Hozirda ushbu xatlovga olingan avtomashinalarni realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Byuro organlari tomonidan bu kabi qidiruv tadbirlari viloyat bo‘ylab davom etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar