Buyuk Britaniyaning Vustershir grafligidagi Storport-on-Severn shahrida yashovchi egizak opa singillar o‘zlarining bir asrlik tavallud ayyomlarini nishonlashdi va uzoq umr ko‘rish sirlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Ular uzoq umr ko‘rishning asosiy sababi sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya etish va mehnatsevarlik ekanligini ta’kidlashdi.
Iren Kramp (Irene Crump) va Fillis Djons (Phyllis Jones) 25 daqiqalik farq bilan dunyoga kelishgan. Ular 20 noyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlashdi va bir asrdan beri bir-biridan ayro yashamaganliklarini ma’lum qildi. Egizaklar bitta maktabda o‘qishgan, bitta korxonada mehnat qilishgan, bir joyda yashashgan va hech qachon bir-biridan uzoqda yashamagan. Hozirda ularga Jonsning 58 yoshli Karl ismli o‘g‘li g‘amxo‘rlik qiladi.
Iren va Fillis Buyuk Britaniyada yuz yoshga kirgan 6 juft egizaklardan biri hisoblanadi. Ularning Doroti ismli opasi ham bo‘lgan, u 2006 yilda 92 yoshda vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari