
MIB Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan farzandlarining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdor ota topildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 06.04.2023 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor U.A.dan undiruvchi M.M. foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga olingan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Biroq, qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelib, yashirinish payiga o‘tgan hamda unga nisbatan 2024 yilda qidiruv e’lon qilingan. Aliment qarzdorligi esa 36 mln. so‘mdan oshgan.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida qarzdor topildi va davlat ijrochisiga topshirildi.
To‘plangan hujjatlar esa jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborildi.
Cud jarayonida qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining tegishli moddasiga asosan qarzdorga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar